Institut binosida bo'lib o'tgan anjumanda mamlakatimizning turli oliy ta'lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari va davlat organlaridan 200 dan ortiq mutaxassis ishtirok etdi.
Tadbir davomida ma'naviy-ma'rifiy sohadagi dolzarb muammolar, yoshlar tarbiyasi, milliy g'oyani mustahkamlash borasidagi ilmiy yondashuvlar muhokama qilindi.
Anjuman yakunida qatnashchilar tomonidan bir qator tavsiyalar ishlab chiqildi va ular tegishli davlat idoralariga yuborilishi rejalashtirilgan.
